Obed qilamiz

Oshxonamizda bugun pishirilgan issiq taomlar. Telegram’da tanlang, Uzum Bank orqali to‘lang — kuryer issiqligicha olib keladi.

Telegram’da buyurtma berish

Har kuni 09:00 dan 22:00 gacha

Buyurtma uch qadamda

  1. Taom tanlang

    @obed_qilamiz_bot botini oching va «Menyu» tugmasini bosing. Ilovada bugungi taomlar va qolgan porsiyalar ko‘rinadi.

  2. Uzum Bank orqali to‘lang

    Manzilni xaritada belgilang va «To‘lash»ni bosing — Uzum Bank ilovasi ochiladi. To‘lovdan keyin buyurtma darhol oshxonaga tushadi.

  3. Kuryerni kuting

    Buyurtma holati botda ko‘rinadi: tayyorlanmoqda, yo‘lda, yetkazildi. Kuryer yetib kelganda xabar keladi.

Yetkazish va to‘lov

Qachon
Har kuni 09:00–22:00. Buyurtma to‘langandan keyin tayyorlanadi.
Qayerga
Toshkent shahri bo‘ylab. Manzil xaritada belgilanadi — kuryer aynan shu nuqtaga keladi.
Yetkazish narxi
To‘lovdan oldin buyurtma summasidan alohida ko‘rsatiladi.
To‘lov
Faqat Uzum Bank orqali, 100% oldindan. 15 daqiqa ichida to‘lanmagan buyurtma avtomatik bekor bo‘ladi.
Uzum Bank

Hujjatlar

Buyurtmani to‘lash orqali siz ommaviy oferta shartlarini qabul qilasiz. To‘lovdan oldin tanishib chiqing.